Jahon | 21:56 / 03.05.2021
28989
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada urush faxriylariga beriladigan pul mukofoti O‘zbekistondagidan bir necha baravar kam ekani ma'lum bo‘ldi

Rossiya pensiya fondi aprel oxirida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 ming rubl (133 dollar) miqdoridagi bir martalik pul mukofotini tasdiqladi. 

Foto: Vedomosti

Rossiyada 9 may bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga beriladigan bir martalik pul mukofoti O‘zbekiston va Qozog‘istondagidan ancha kamligi ma'lum bo‘ldi.

Rossiya pensiya fondi aprel oxirida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 ming rubl (133 dollar) miqdoridagi bir martalik pul mukofotini tasdiqladi

O‘zbekistonda esa prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so‘m (1140 dollar) miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi. Bu Rossiyada belgilangan pul mukofotidan 8,5 baravarga ko‘p demakdir.

Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Xabar qilinishicha, Qozog‘istonda Ikkinchi jahon urushi faxriylariga bir million tenge (2332 dollar) miqdorida pul mukofoti beriladi. Bu Rossiyada belgilangan pul mukofotidan 17,5 baravarga ko‘p.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid