18:18 / 08.05.2021
13122

Amazon rahbari 500 mln dollarlik yaxta qurdirmoqda

Ma'lumotlarga ko‘ra, Bezos 2019 yilda Fox televizion tarmog‘i asoschilaridan biri Barri Dillerning Eos yaxtasida hordiq chiqargandan so‘ng yaxtalarga qiziqib qolgan.

Amazon asoschisi va jahonning eng badavlat biznesmeni Jyeff Bezos dunyodagi eng katta yelkanli yaxtani qurdirmoqda, deb xabar qildi Bloomberg o‘z manbalariga tayanib. Agentlikning ma'lumot berishicha, uzunligi 127 metr bo‘lgan uch machtali yaxta Bezosga taxminan 500 mln dollarga tushadi, unga qo‘shimcha ravishda vertolyotlarni qabul qila oladigan yana bir yordamchi yaxta quriladi.

Avvalroq biznesmenning biografi Bred Stoun har ikki yaxta Bezosning buyurtmasiga asosan Niderlandiyaning Oceanco kompaniyasi tomonidan qurilayotganini xabar qilgandi.

Agentlikning qayd etishicha, Bezos yaxtalar qurilishiga ikki yil avval buyurtma bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Bezos 2019 yilda Fox televizion tarmog‘i asoschilaridan biri Barri Dillerning Eos yaxtasida hordiq chiqargandan so‘ng yaxtalarga qiziqib qolgan. Bloomberg agentligining yozishicha, Bezosning yaxtasi Eos yaxtasiga o‘xshash, faqat unga nisbatan uzunroq bo‘ladi — Eos 97 metrli yaxta hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top