Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Turkiyadan kelayotgan fuqarolar uy yoki mehmonxonada karantinda bo‘lishi yuzasidan tilxat to‘ldiradi
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, Hindiston va Turkiyadan uchib kelayotgan har bir shaxs tomonidan mamlakatga kirib kelganidan so‘ng karantinda bo‘lishlari yuzasidan ogohlantirilgani yuzasidan tilxat to‘ldiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunda fuqarolar aeroportdan boradigan yashash manzili, telefon raqamini ko‘rsatadi va karantin talablarini buzganda qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilangani to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Shuningdek, kasallik kirib kelishi qamrovini aniq baholash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati taklifiga muvofiq, Hindiston yoki Turkiyadan O‘zbekistonga kirib kelayotgan barcha shaxslardan koronavirus infeksiyasiga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan PZR tekshiruvini o‘tkazish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi. Ulardan koronavirus infeksiyasiga PZR test namunasi aeroport kutib olish zalida olinadi va belgilangan tartibda uy yoki mehmonxonada 14 kun davomida karantinda bo‘lish uchun jo‘natiladi.
PZR test tahlili 18 soat ichida musbat chiqqan taqdirda belgilangan tartibda davolash ishlari tashkillashtiriladi, PZR test tahlili natijasi manfiy chiqqan taqdirda shaxs 14 kunlik karantinda bo‘lishi davom ettiriladi.
O‘zbekistonga havo yo‘llari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma'lumotnomani taqdim etishi talabi saqlanib qoladi.
Bundan oldin, Hindiston va Turkiyadan kirib kelayotgan shaxslar bepul antigen testlari topshirishi xabar berilgandi.
“Bu davlatlardan kelayotgan yo‘lovchilardan bepul ravishda koronavirusni aniqlaydigan antigen ekspress-test olinadi. Shu orqali kasallikni jilovlashga va mamlakatimizga koronavirusning boshqa shtammlari kirib kelishining oldini olishga muvaffaq bo‘lamiz”, degandi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Xolmamat Norboyev.
Eslatib o‘tamiz Hindiston kasallanish holatlari soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Bu davlatda koronavirus yuqtirish holatlari soni 21 milliondan oshgan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026