Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Turkiyaga borish uchun kimlarga ruxsat berilishi ma'lum qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Hindiston va Turkiyaga borish uchun kimlarga ruxsat berilishi haqida ma'lumot taqdim etdi.
Tegishli tashkilotlarning taklifini inobatga olgan holda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, shu yilning 10 mayidan Hindiston va Turkiyaga faqatgina:
- xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
- xorijda tahsil olayotgan talabalar;
- O‘zbekistonda yashash huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari;
- diplomatlar va ularning oila a'zolari;
- xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
- investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar;
- tranzit va transfer yo‘lovchilar;
- xorijga davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda) aviachiptalarni sotish tizimi joriy etiladi.
Bunda Hindiston va Turkiyaga:
- xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Respublika maxsus komissiyasi ruxsati bilan aviachiptalar sotiladi;
- xorijda tahsil olayotgan talabalar, O‘zbekistonda yashash huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari, diplomatlar va ularning oila a'zolari, xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar, tranzit va transfer yo‘lovchilar, xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Hindiston va Turkiyaga borish maqsadida aviachipta xarid qilish uchun Respublika maxsus komissiyasi ruxsati talab etilmaydi.
Ularga aviachiptalar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan sotiladi, aeroportdan ro‘yxatdan o‘tishda aeroport xodimlari nazorati amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026