Jahon | 19:44 / 09.05.2021
3555
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada emlangan odamlar aksariyat cheklovlardan ozod qilindi

Germaniyaning koronavirusga qarshi emlangan fuqarolari 9 may kunidan mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi amal qilayotgan ko‘plab cheklovlardan ozod qilindi. Bu haqda Yevropa OAVlari ma'lum qildi. 

Foto: DPA

Endilikda mamlakatda koronavirusga qarshi emlanganlar va undan sog‘ayganlar ijtimoiy aloqalar soniga cheklovga hamda komendantlik soatiga rioya qilishga majbur bo‘lmaydilar. Shuningdek, ular sartaroshxona va boshqa xizmat ko‘rsatish joylarida manfiy PsR-test taqdim qilishlari shart bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, ushbu toifadagi odamlarga koronavirus tarqalishi xavfi yuqori bo‘lmagan davlatlardan qaytganlarida majburiy karantinni o‘tash kerak bo‘lmaydi.

 Biroq ushbu qoidalar do‘konlar, transport va boshqa jamoat joylarida niqob taqish majburiyatidan ozod qilmaydi.

 Germaniyaning ko‘plab hududlarida koronavirusga chalinish holatlari soni tobora kamayayotgani sababli federal yerlar yaqin haftalarda cheklovlarni yengillashtirishni rejalashtirmoqda. Misol uchun, Germaniyada eng qat'iy cheklovlar amal qilgan Bavariyada 10 maydan restoran, teatr, kinoteatrlar, 21 maydan esa mehmonxona, kemping va dam oluvchilar uchun ijaraga beriladigan kottejlar ochiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid