O‘zbekiston | 10:08 / 10.05.2021
23701
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 3800dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati so‘nggi bir kunda yana 400ga yaqin kasallanish holati qayd etilib, shifoxonalarda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3800 nafardan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 9 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 94759 (+362) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 46 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 10 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 54 nafari Toshkent viloyatida,
  • 200 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Navoiy viloyatida 7 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 10 nafar,
  • Toshkent viloyatida 57 nafar,
  • Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90292 (+239) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3805 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid