Jahon | 16:23 / 10.05.2021
4723
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Japarov telefon orqali muloqot qildi. Qirg‘iziston prezidenti may oxirida Moskvaga boradi  

Suhbat Rossiya tomoni tashabbusi bilan o‘tkazildi. Putin va Japarov ikki tomonlama hamkorlik va Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi mojaro bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Foto: kremlin.ru

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti saytida xabar qilindi.

 Xabarda aytilishicha, suhbat Rossiya tomoni tashabbusi bilan o‘tkazildi. Putin va Japarov ikki tomonlama hamkorlik va Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi mojaro bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

 «Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasiga chegaraoldi nizosining gumanitar oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordamni ko‘rsatishini bildirdi», — deyiladi xabarda.

 Suhbat yakuniga ko‘ra, tomonlar Japarovning may oyi oxirida Moskvaga tashrif amalga oshirishi bo‘yicha kelishib olgan. Bo‘lajak tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

 Avvalroq Putin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan Moskvada o‘tkazgan uchrashuvida Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi mustahkamlanishini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid