Jahon | 15:56 / 11.05.2021
14404
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Rossiya bilan urush yuz berishi ehtimolini baholadi

 Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya to‘laqonli urushga kirsa, jahon urushi boshlanishi mumkin.

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning mamlakatga bostirib kirishi ehtimolini baholadi.

Zelenskiy Rossiya bilan to‘laqonli urush yuz bermasligiga ishonch bildirdi.

"Katta urush bo‘lishi mumkin edi. Bugunga kelib bu to‘xtadi, deb hisoblayman. To‘qnashuv ehtimoli kamaydi. To‘laqonli urush bo‘lmasligiga aniq ishonamiz", - dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya to‘laqonli urushga kirsa, jahon urushi boshlanishi mumkin.

"Ekspertlarning Rossiya sentyabrda urush boshlashi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlariga qaramasdan, bunday bo‘lmaydi, deb hisoblayman. To‘laqonli urushga hech kim tayyormas. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, jahon urushi bo‘lishi mumkin", - deya qayd etdi Ukraina prezidenti.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid