Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernobil AESda boshlangan yadroviy reaksiyalar olimlarni xavotirga solmoqda
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, AESning reaktor zali tubiga ko‘milgan uran yonilg‘isida bo‘linish reaksiyalari boshlanmoqda.
Olimlar Chernobil AESda yangi yadroviy reaksiyalar boshlanganidan ogohlantirdi. Hozirda ukrainalik mutaxassislar reaksiya o‘z-o‘zidan to‘xtaydimi yoki yangi halokatning oldini olish uchun kerakli choralar ko‘rish zarurmi degan savolga javob izlamoqda.
Qayd etilishicha, yadroviy reaksiyalar to‘g‘risidagi xabar Science jurnalida chop etilgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, AESning reaktor zali tubiga ko‘milgan uran yonilg‘isida bo‘linish reaksiyalari boshlanmoqda.
Kiyevdagi AES xavfsizligi muammolari instituti xodimi Anatoliy Doroshenkoning ma'lumot berishicha, uskunalar neytronlar soni oshayotganini qayd etmoqda. Bu bo‘linish reaksiyasidan darak beradi, dedi u.
Uning hamkasbi Maksim Savelev AESda halokat sodir bo‘lishi ehtimoli haqida aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, paydo bo‘lgan tahdidni bartaraf etish yo‘lini topish uchun vaziyatni boshqarishga mas'ul shaxslarda bir necha yil vaqt bor.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026