Qaşqadaryoda ösimlik yoği işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullanuvçi 150 ga yaqin korxona davlat röyxatidan ötgan. Ularning asosiy qismi – xususiy sektor vakillari.
«Özagroinspeksiya»ning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi tomonidan viloyatdagi ösimlik yoği işlab çiqaruvçi korxonalar faoliyati örganilgan, deb xabar berdi inspeksiya axborot xizmati.
Çunonçi, Şahrisabz tumanidagi «Boqiy quyoş», «Şomuhammad Sodiq», Kitob tumanidagi «Xalilov Rasul» va Qarşi şahridagi «Amin sof baraka biznes» oilaviy korxonalarida vakolatli vakilni xabardor qiliş tartibida ötkazilgan nazorat tadbirlarida korxonalarning paxta texnik çigitini töliq texnologik sikl (mağizni yançiş, gidrotermik işlov beriş, ekstraksiyalaş, rafinatsiyalaş, dezodoratsiyalaş va qadoqlaş sexlari) mavjud emasligi aniqlangan.
Qolaversa, «Boqiy quyoş» hamda «Xalilov Rasul» oilaviy korxonalarining omborida noqonuniy tarzda texnik çigit saqlanayotgani aniqlanib, bu haqda holatga huquqiy baho beriş uçun Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining viloyat boşqarmasiga ma'lumot kiritilgan.
Şahrisabz tumanidagi «Şomuhammad Sodiq» oilaviy korxonasi ham töliq texnologik sikl bilan ta'minlanmaganiga qaramay, joriy yilning yanvar–fevral oylarida Surxondaryo viloyatidagi «Muzrobod» paxta tozalaş korxonasidan 55 tonna, Toşkent viloyatidagi «Alimkent» paxta tozalaş korxonasidan 226 tonna paxta çigitini xarid qilgan.
Tekşiriş jarayonida mazkur korxona omborida 25 tonna texnik çigit, 3,5 tonna qayta işlaşdan olingan paxta yoği va 15 tonna kunjara mahsuloti borligi aniqlanib, töplangan hujjatlar vakolat doirasida huquqiy baho beriş uçun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Umumiy hisobda, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan prokuratura organlariga 5 ta, ma'muriy sudlarga 2 ta material kiritilgan.
Şuningdek, kamçiliklar aniqlangan korxonalarga ularni bartaraf etiş hamda texnik çigitdan foydalaniş talablariga rioya etmaslikning huquqiy oqibatlari töğrisida ogohlantiriş xatlari taqdim etilgan.
Avvalroq, paxta-töqimaçilik klasterlari özaro kelişgan holda birjada çigit narxini sun'iy oşirganlikda gumonlangani, paxta yoği qimmatlaşganini örgangan Aksilmonopol qömita 34 ta klasterga nisbatan iş oçgani ma'lum qilingan












