Zelenskiy Rossiya xitoyliklarni urushga TikTok orqali yollayotganini ma’lum qildi
Ukraina prezidenti kamida 155 nafar Xitoy fuqarosi Rossiya armiyasi safida turib jang qilayotganini aytdi.

Foto: Unian
Ukraina rasmiylari Rossiya tomonida turib jang qilayotgan kamida 155 nafar xitoylik to‘g‘risida ma’lumotga ega. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
«Xitoy masalasi — jiddiy. 155 kishining familiyasi, pasport ma’lumotlari bor — 155 nafar Xitoy fuqarosi Ukraina hududida ukrainlarga qarshi jang qilmoqda. Biz ma’lumot to‘playapmiz, ularning soni aslida ancha ko‘p deb hisoblayapmiz», — deya Zelenskiyning so‘zlarini keltiradi «Unian» nashri.
Prezidentning aytishicha, Rossiya xitoyliklarni o‘z armiyasiga yollamoqda. «Sxemalardan biri — ruslar reklama roliklarini tarqatayotgan ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok va Xitoyning boshqa tarmoqlari. Rasmiy Pekin bundan bexabar. Rossiyaliklar Xitoy ijtimoiy tarmoqlari orqali reklama roliklarini tarqatmoqda. Yashirin bo‘lmagan yollash — bu muhim. Balki, yashirini ham bordir», — deya ta’kidlaydi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, urushga yollangan xitoyliklar Moskvaga keladi, uch-to‘rt kun tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi, shundan keyin ular bir-ikki oyga o‘quv markazlariga yuboriladi.
«Ular Ukraina hududida jang qilmoqda. Migratsiya kartochkalarini, shuningdek, pullar kelib tushayotgan «Mir» to‘lov tizimi kartochkalarini olyati», — deydi Zelenskiy.
Volodimir Zelenskiy 8 aprel kuni Ukraina Qurolli kuchlari Donetsk oblastida Rossiya armiyasi safida turib jang qilgan ikki nafar Xitoy fuqarosini asirga olganini ma’lum qildi. Xitoy TIV o‘z fuqarolarini doim jangovar mojarolarda ishtirok etishdan «uzoqroq turishga» chaqirishini bildirdi.
«Lugansk» tezkor-taktik guruhi harbiylarining aytishicha, asirga olingan xitoyliklardan biri Rossiya armiyasi safiga qo‘shilish uchun vositachiga 300 ming dollar to‘laganini ma’lum qilgan. Asirning so‘zlariga ko‘ra, u harbiy xizmatchi bo‘lishni va Rossiya fuqaroligini olishni xohlagan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:39
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

07:39 / 22.05.2025