Osiyo kubogi U-17. 3-tur.
Saudiya Arabistoni U17 – Özbekiston U17 – 0:3
Gollar: Jamşidbek Rustamov 57 penaltidan, 70, Asilbek Aliyev 63.
Aniq ijro etilmagan penalti: Matari, 49
Saudiya Arabistoni: Vafi, al-Fihoniy, ad-Dovsari Matari (Abdulloh, 46), Söfiyoni, Dahal (al-Volid, 64), ibn Hibah, al-Dagmah, Asiriy, Alfavaz (Tavaşiy, 72), Abu Bakr Said.
Özbekiston: Şokirov, Bahodirxonov, Murodov, Muhammadov (Abdullayev, 46), Sarsenbayev (Aliyev, 46), Habibullayev, Fazliddinov, Saidmurodov, Musaxonov (Mahmudjonov, 72), Abdumöminov (Hasanov, 63), Rustamov.

Futbol böyiça Özbekiston U-17 jamoasi ösmirlar örtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqiçi 3-turida Saudiya Arabistoni ustidan ğalaba qozondi.

Birinçi bölimda hisob oçilmay qoldi. 48-daqiqada mezbon maqomidagi saudiyaliklar hisobni oçişi mumkin edi, ammo penaltidan tepilgan töp darvoza tösiniga tegdi. Bir daqiqadan söng Salim Abdulloh Özbekiston darvozasini işğol etdi, ammo ofsayd holati sababli gol bekor qilindi.

Özbekiston ham 57-daqiqada 11 metrdan zarba beriş imkoniyatiga ega böldi va penalti işlagan Jamşidbek Rustamov uni aniq amalga oşirdi — 1:0.

Oradan köp ötmay hisobdagi ustunlik mustahkamlandi: Habibullayev jarima maydoni markaziga uzatgan töpni Asilbek Aliyev darvozaga joylab qöydi.

70-daqiqada esa birinçi gol muallifi öyin masalasini uzil-kesil hal etdi – 3:0.

Özbekiston va Saudiya Arabistoni avvalgi öyindayoq çorakfinal yöllanmasini qölga kiritgan va Qatarda bölib ötadigan U-17 jahon çempionatiga yöllanma olgandi. Endilikda A guruhida Özbekiston 9 oçko bilan 1-örinni egalladi. Mezbonlar ham 6 oçko bilan guruhdan çiqişdi.

Özbekiston ösmirlar jamoasi 13 aprel kuni çorakfinalda V guruhida ikkinçi örinni egallagan jamoaga qarşi maydonga tuşadi. Raqib 10 aprel kungi Yaponiya – Avstraliya va Vetnam – BAA uçraşuvidan keyin ma’lum böladi. Ayni vaqtda bu guruhda Yaponiya birinçi, BAA ikkinçi örinni egallab turibdi.

Ma’lumot uçun, ösmirlar örtasidagi Osiyo kubogi har ikki yilda bir marta ötkaziladi va 3–27 noyabr kunlari Qatarda bölib ötadigan U-17 jahon çempionatiga saralaş turniri hisoblanadi. Guruhlarda birinçi va ikkinçi örinni egallagan jamoalar turnirning çorakfinaliga yöl oladi va mundial yöllanmasini qölga kiritadi.