10:10 / 14.05.2021
22303

Koronavirus: Shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 4 mingga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 300ga yaqin yangi kasallanish holati qayd etilib, shifoxonalarda 4 ming nafarga yaqin bemor koronavirusga qarshi davolanayotgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

«2021 yil 13 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96117 (+291) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 26 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 20 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 68 nafari Toshkent viloyatida,
  • 124 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Namangan viloyatida 12 nafar,
  • Xorazm viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 48 nafar,
  • Toshkent shahrida 136 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 91507 (+206) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3943 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top