Jamiyat | 10:23 / 23.05.2021
21453
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Bir kunda sog‘ayganlar soni yangi kasallanish holatlaridan yuqori bo‘ldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda barcha hududlarda jami 287ta kasallanish holatlari aniqlanib, shifoxonada koronavirusdan davolanayotganlar soni 3841 nafarni tashkil qilgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 22 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98451 (+287) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 8 nafari Namangan viloyatida,
- 43 nafari Samarqand viloyatida,
- 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 5 nafari Xorazm viloyatida,
- 60 nafari Toshkent viloyatida,
- 136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 nafar,
- Andijon viloyatida 29 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 9 nafar,
- Namangan viloyatida 12 nafar,
- Samarqand viloyatida 39 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
- Toshkent viloyatida 56 nafar,
- Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93930 (+297) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3841 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022