Nega biz hamon rivojlangan davlatlar allaqaçon bosib ötgan yölga tuşib ololmayapmiz?
Har uçta maktabdan biri ta'mirtalab ahvolda
Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatovning aytişiça, bugungi kunda respublikada 3 mingdan ortiq maktab ta'mirtalab, öquvçilarga 1 million örin yetişmaydi. Şu sabab 70 foiz maktabda darslar ikki smenada ötiladi.
Birgina şu raqamlarning öziyoq xalqning puli – davlat budjeti taqsimotidagi mantiqsizlik va mas'uliyatsizlikni yaqqol körsatadi. Va ehtimol, bölgan va bölayotgan öğriliklar kölamini ham.
Töğri-da, minglab maktablar ta'mirtalab, yetarli şaroiti yöq, prezident aytganidek, körib tavba deb yuboradigan darajada abgor bölsa, ta'lim sifatini oşiriş haqida qanday gapiriş mumkin?
Vazirga köra, 3 mingta maktabning ta'miri uçun 37 trillion söm kerak. Bu – mamlakat iqtisodiyotining 6 foizini taşkil etadigan pul. Bu – yillar davomida mazkur yönalişga kam e'tibor qaratilgani, önlab yoki yuzlab samarasiz loyihalarga trillionlab mablağ ajratib, ta'lim soyada qolib kelgani, şundoğam kam ajratilgan pullar ham talon-toroj bölib ketganining oqibati.

Natija – bugungi manzara: bir sinfda 40talab öquvçi öqiyotgan, sport zal-u oşxonadan nişon ham yöq ğarib maktablar. Ta'mir uçun ota-onalardan majburiy pul yiğişlar. Ota-onasi pul bermagan bolalarning dars vaqtida sazoyi qilinişi...
Ta'lim va ilm-fan rivojlanmas ekan, yangi Özbekiston ğoyasi orzuligiça qolaveradi
Kuzatuvlarimizga köra, sönggi vaqtlarda maktablarda öquvçilardan ta'mir uçun pul yiğiş holatlari yana köpaygan. Bunga ham budjetdan ajratilayotgan mablağ kamligi sabab.
Savol tuğiladi, nega fuqarolar ham bir neça turdagi soliqlarni tölaydi, ham maktab ta'miri uçun yana pul beradi? Maktablardagi elementar muammolarni qoniqarli darajada bölsa-da hal etiş uçun 30 yil nega kamlik qildi?
Bunga önlab omillar ta'sir körsatgan va bu davom etmoqda. Birinçi masala – ajratilayotgan mablağlarning yetarli emasligida.















