Bugun, 12 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy ösişni ta'minlaş böyiça birinçi yarim yillikdagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazdi.

Davlat rahbari yiğiliş davomida umumiy örta ta'lim maktablaridagi ahvol haqida gapirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“Nima meni qiynaydi desangiz, aytaman: maktabdagi şaroit. Maktabdagi ahvolni körsa, odam tavba deb yuboradi. Şu 4 yilda maktabga juda köp e'tibor berdik, ammo muammolar hali ham köp. Kamçiliklarni 27 yil körib körmaslikka olganmiz. Surxondaryo, Qaşqadaryo, Samarqanddagi maktablarning ahvolini yaxşi bilaman.

Uçinçi Renessansga poydevor quryapmiz, deyapmiz. Agar mablağlarni töğri sarflab, kelajagimiz bölgan maktablarga birinçi navbatda yönaltirmasak, kitobi, şaroiti, öqituvçining iş haqini joy-joyiga qöymasak, niyatimizga erişa olmaymiz.

Hozirning özida maktabni ta'mirlaş, uyoq-buyoğini suvaş uçun 30 trillion söm kerak bölyapti. Bir paytlar partani olib borib qöyib, maktab filiallari oçilgan. Bu hozir katta muammoga aylanyapti: bunday maktablar filiallarida öqigan bolalarning bilimi, öqituvçilarning saviyasi, oyligi, şaroiti qanday böladi - bunga javob yöq. Bu faqat maktab ta'limining özidagi muammolar. Şermatov (xalq ta'limi vaziri)ni oldimga çaqirsam, şaroitni yaxşilaş uçun 30 trillion mablağ kerak, deyapti. Bu kitob-u partasi hisobga olinmaganda, faqat ta'mirlaş uçun ketadigan mablağ. Hojiboyev (soğliqni saqlaş vaziri)ni çaqirsam, 60 trillion söm kerak, deyapti. Bu pullarni qayerdan olamiz?” dedi prezident.

Davlat rahbari bu kabi yillar davomida töplanib qolgan dolzarb ijtimoiy muammolarni bartaraf etiş uçun avvalo öz vaqtida soliq tuşumlarini ta'minlaş zarurligini ta'kidladi, mablağlarni maqsadli sarflaş nazoratini kuçaytiriş böyiça topşiriq berdi.