Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Maktabdagi ahvolni ko‘rsa, odam tavba deb yuboradi»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 12 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta'minlash bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Davlat rahbari yig‘ilish davomida umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi ahvol haqida gapirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Nima meni qiynaydi desangiz, aytaman: maktabdagi sharoit. Maktabdagi ahvolni ko‘rsa, odam tavba deb yuboradi. Shu 4 yilda maktabga juda ko‘p e'tibor berdik, ammo muammolar hali ham ko‘p. Kamchiliklarni 27 yil ko‘rib ko‘rmaslikka olganmiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqanddagi maktablarning ahvolini yaxshi bilaman.
Uchinchi Renessansga poydevor quryapmiz, deyapmiz. Agar mablag‘larni to‘g‘ri sarflab, kelajagimiz bo‘lgan maktablarga birinchi navbatda yo‘naltirmasak, kitobi, sharoiti, o‘qituvchining ish haqini joy-joyiga qo‘ymasak, niyatimizga erisha olmaymiz.
Hozirning o‘zida maktabni ta'mirlash, uyoq-buyog‘ini suvash uchun 30 trillion so‘m kerak bo‘lyapti. Bir paytlar partani olib borib qo‘yib, maktab filiallari ochilgan. Bu hozir katta muammoga aylanyapti: bunday maktablar filiallarida o‘qigan bolalarning bilimi, o‘qituvchilarning saviyasi, oyligi, sharoiti qanday bo‘ladi - bunga javob yo‘q. Bu faqat maktab ta'limining o‘zidagi muammolar. Shermatov (xalq ta'limi vaziri)ni oldimga chaqirsam, sharoitni yaxshilash uchun 30 trillion mablag‘ kerak, deyapti. Bu kitob-u partasi hisobga olinmaganda, faqat ta'mirlash uchun ketadigan mablag‘. Hojiboyev (sog‘liqni saqlash vaziri)ni chaqirsam, 60 trillion so‘m kerak, deyapti. Bu pullarni qayerdan olamiz?” dedi prezident.
Davlat rahbari bu kabi yillar davomida to‘planib qolgan dolzarb ijtimoiy muammolarni bartaraf etish uchun avvalo o‘z vaqtida soliq tushumlarini ta'minlash zarurligini ta'kidladi, mablag‘larni maqsadli sarflash nazoratini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025