Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin xorijlik turistlarga yarim yillik viza berilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Federal reyestrga kiritilgan mehmonxonada xona bron qilgan xorijlik turistlar olti oygacha muddatga viza olishlari mumkin bo‘ladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijlik turistlar uchun viza rasmiylashtirish tartibini soddalashtiruvchi qonunni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, federal reyestrga kiritilgan mehmonxonada xona bron qilgan xorijlik turistlar olti oygacha muddatga viza olishlari mumkin bo‘ladi.
Hozirda Rossiyada oddiy turistik viza bir oydan olti oygacha beriladi.
Xabar qilinishicha, qonun rasman e'lon qilinganidan 90 kun o‘tgach kuchga kiradi.