Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV profilaktika inspektorlari uy-joy bilan ta'minlanadi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika (katta) inspektorlarini 2021-2023 yillarda xizmat uy-joylari bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2021-2023 yillarda ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini bevosita ular xizmatni o‘taydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joylari bilan ta'minlash dasturi tasdiqlandi.
Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
- jami - 2965ta, shundan 2021 yilda 993ta, 2022 yilda 988ta hamda 2023 yilda 984ta uy-joyni yangidan qurish;
- jami - 223ta, shundan 2021 yilda 80ta, 2022 yilda 72ta hamda 2023 yilda 71ta yangi xonadon xarid qilish;
- jami - 161ta, shundan 2021 yilda 63ta, 2022 yilda 51ta hamda 2023 yilda 47ta uy-joyni to‘liq ta'mirlash.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi DUK dastur doirasida xizmat uy-joylarini qurish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi.
Xizmat uy-joylari prezidentning "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida" 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son qaroriga muvofiq 0,02 gektar hajmdagi yer uchastkalarida joylashtiriladigan, hovli inshootlariga ega bo‘lgan bir qavatli 2 va 3 xonali uy-joylarning namunaviy loyihasi bo‘yicha quriladi.
Qurilish kompaniyalarini tanlash uchun tender o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
14:27 / 15.12.2025
O‘zbekistonda shahar aholisining asosiy qismi alohida uylarda yashaydi
18:14 / 04.10.2025