O‘zbekiston | 11:55 / 31.05.2021
6899
2 daqiqa o‘qiladi

O‘simliklarni himoya qilish va karantin agentligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda O‘simliklarni himoya qilish va karantin agentligi tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

“25 may kuni o‘simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bu masalaning ahamiyatini ochish uchun bitta faktni keltiraman: yurtimizda 1 mingdan ortiq o‘simlik kasalliklari, 3 ming turdagi zararkunanda va 1,5 mingdan ziyod begona o‘tlar mavjud. 

Shundan 187 turi karantin obekti hisoblangani uchun bu bilan Karantin inspeksiyasi shug‘ullangan. Qolganlariga qarshi kurashish tizimli bo‘lmagan. 

Ayrim hududlarda paydo bo‘lgan zararkunanda va kasalliklar boshqa joylarga ham tarqalib, ekinlarga katta zarar yetkazmoqda. Kimyoviy vositalarni me'yorida ishlatishni nazorat qiladigan idora ham yo‘q edi. Shu bois, davlatimiz rahbari o‘simliklarni himoya qilish borasidagi har bir vazifani, unga mas'ul organlarni aniq belgilab berdilar”, deydi Sherzod Asadov.  

Uning ma'lum qilishicha, “O‘zagrokimyohimoya” jamiyati tugatilib, uning ayrim funksiyalari Karantin inspeksiyasi bilan birlashtirilib, ushbu ikki tashkilot negizida O‘simliklarni himoya qilish va karantin agentligi tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid