Karlo Anchelotti - «Real» bosh murabbiyi
Italiyalik 61 yoshli mutaxassis «Everton» bilan shartnomasini bekor qildi va Madrid klubi bilan 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan bitim imzoladi.

Foto: Getty Images
«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madridning «Real» klubini boshqaradigan bo‘ldi.
«Karlo Anchelotti keyingi uch mavsumda asosiy jamoaning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi», — deyiladi «Real» matbuot xizmati xabarida.
Anchelotti «Real»ni 2013-2015 yillarda ham boshqargandi. U o‘shanda birinchi mavsumida klubni Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan, bu chempionlik madridliklar uchun tarixdagi 10-chempionlik, 2002 yildan buyon birinchisi bo‘lgandi. Uning boshqaruvi davrida jamoa klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Ispaniya Kubogi va Superkubogida ham g‘olib bo‘lgan.
Karlo bosh murabbiylikdan ketgach «Bavariya» va «Napoli» jamoalarida ishlagan, 2019 yildan buyon «Everton»ni boshqarib kelayotgandi.
Yakunlangan mavsumda «Real» Ispaniya chempionatida «Atletiko»dan ortda qolib ikkinchi o‘rinni egalladi. «Qaymoqranglilar» 38 o‘yinda 84 ochko jamg‘ardi va so‘nggi turgacha chempionlik uchun kurashda qoldi, ammo «matraschilar» ham hal qiluvchi turda o‘z o‘yinida g‘olib bo‘lib, birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Chempionlar ligasida «Real» yarim finalgacha yetib bordi va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra «Chelsi»ga mag‘lub bo‘ldi (1:1, 2:0). Madridliklar Ispaniya Kubogini 1/16 finaldayoq tark etishgandi.
Mavsum yakunida 2019 yildan buyon jamoani boshqarib kelgan Zinedin Zidan o‘z xohishiga ko‘ra iste'foga chiqdi. OAVda uning o‘rniga da'vogar nomlar qatorida Antonio Konte, Massimiliano Allegri, Raul, Yoaxim Lyov va Maurisio Pochettino nomzodlari sanalgandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh: Ukraina bo‘yicha muzokaralar tufayli Rossiyaga bojlar joriy etilmaydi
Jahon | 09:40
-
“Mening bog‘im” loyihasining 2025 yilgi mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 09:18
-
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 09:15
-
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor
Jahon | 09:00
Mavzuga oid

12:41 / 06.04.2025
«Real» ham, «Barsa» ham chempionlik poygasida qoqildi. Kun o‘yinlari

11:23 / 02.04.2025
«Real» 8 gol urilgan o‘yinda finalga chiqdi, Saka qaytishini gol bilan nishonladi. Kun o‘yinlari

11:58 / 30.03.2025
«Real»da kambek, Shomurodov va «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

18:32 / 25.03.2025