Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari qo‘shinlarni chegaradan olib ketishga kelishib oldi
Qayd etilishicha, tomonlar chegara postlarini har ikki tarafdan 3 kilometr ichkariga ko‘chirish, qo‘shinlarni, harbiy qurilmalarni doimiy joylariga qaytarish va chegarada faqat shtatdagi chegara naryadlarini qoldirishga kelishib olgan.
5 iyun kuni «Qoramiq» chegara uchastkasida Tojikiston va Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari Saymo‘min Yatimov va Qamchibek Toshiyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Aziya-Plyus.
Muzokaralar yakunida Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qo‘shma bayonot imzoladi.
Qayd etilishicha, tomonlar chegara postlarini har ikki tarafdan 3 kilometr ichkariga ko‘chirish, qo‘shinlarni, harbiy qurilmalarni doimiy joylariga qaytarish va chegarada faqat shtatdagi chegara naryadlarini qoldirishga kelishib olgan.
Shuningdek, mazkur uchastkadagi yaylovlardan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Bundan tashqari, protokolga ko‘ra, davlat chegarasidagi har qanday harakatlar tomonlar rahbarlari bilan avvaldan kelishiladi, tomonlarning chegara naryadlari belgilangan chiziqqa rioya qiladi.
4 iyun kuni tojik-qirg‘iz chegarasida noxush vaziyat yuz berdi.
Qirg‘iziston OAV Tojikistonni kelishuvlarni buzish va belgilanmagan chegara uchastkasida konteyner o‘rnatishda aybladi.
Tojikiston chegarada chegara naryadini joylashtirish kelishuv buzilishi emasligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralarida yashovchi aholi o‘rtasidagi nizo ikki davlat harbiylarining qurolli to‘qnashuviga aylanib ketdi.
To‘qnashuvlarda har ikki tomondan 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 300dan ortiq kishi jarohatlandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026