Alisher Navoiy maqbarasi O‘zbekiston tomonidan kompleks tarzda obodonlashtiriladi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda ma'lum qilishicha, Alisher Navoiy maqbarasini obod qilish ishlari O‘zbekiston ajratgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

“Xabaringiz bor, o‘tgan hafta dushanba kuni hurmatli Prezidentimiz huzurida qurilish, turizm va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. O‘sha taqdimotda ko‘rsatilgan bir loyihaga alohida to‘xtalmoqchiman. U ham bo‘lsa, Alisher Navoiy qabrini obod qilish ishlaridir.
Ma'lumki, Navoiy bobomizning qabri Afg‘oniston Islom Respublikasining Hirot shahrida. Bugungi kungacha bu joyga umuman e'tibor berilmagan edi.
Shu bois davlatimiz rahbari Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish vazifasini qo‘ygan edilar. Afg‘onistonda oxirgi yillardagi ijobiy o‘zgarishlar, O‘zbekiston Prezidenti tashabbuslari bilan ikki mamlakat o‘rtasida uyg‘ongan iliqlik va hamkorlik tufayli bu xayrli ish amalga oshadigan bo‘lib turibdi.
Loyihaga ko‘ra, u yerda faqat ta'mirlash yo tiklash ishlari emas, katta majmua qurish maqsad qilingan. Unda maqbaradan tashqari masjid, muzey, ayvonlar, avtoturargoh va bog‘lar bo‘ladi”, dedi Sherzod Asadov o‘z nutqida.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 19 oktyabrda qabul qilingan, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga doir prezident qarorida mutafakkirning maqbarasini obodonlashtirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish vazifasi yuklatilgan edi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
Mavzuga oid

13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?

14:10 / 08.02.2025
Navoiyda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda

08:10 / 04.10.2023
Eronda Alisher Navoiy haqida film suratga olinishi mumkin

13:31 / 16.02.2023