O‘zbekiston | 10:36 / 08.06.2021
10901
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Bir kunda 199ta yangi holat aniqlanib, 3 bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda qariyb 200ta yangi holat aniqlangani va 300ga yaqin bemor tuzalgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 7 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102163 (+199) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 7 nafari Andijon viloyatida,
- 5 nafari Buxoro viloyatida,
- 4 nafari Jizzax viloyatida,
- 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 22 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 4 nafari Xorazm viloyatida,
- 3 nafari Toshkent viloyatida,
- 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar,
- Andijon viloyatida 24 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 4 nafar,
- Samarqand viloyatida 63 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
- Toshkent viloyatida 83 nafar,
- Toshkent shahrida 54 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98129 (+268) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 699 nafarni tashkil qildi. So‘nggi marta 7 may kuni kunlik o‘lim ko‘rsatkichi 3tani tashkil etgandi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3335 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022