Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pashinyan Aliyevga o‘g‘lini Ozarboyjondagi barcha asirlarga almashtirishni taklif qildi
Avvalroq Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsyan Pashinyanga o‘g‘lini Ozarboyjonga topshirib, u yerdagi asirlarni qaytarishni taklif qilgandi.
Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga asirlikdagi barcha armanlar evaziga o‘g‘li Ashotni olishni taklif qildi. Bu haqda «Sputnik Armaniston» yozmoqda.
Avvalroq Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsyan Pashinyanga o‘g‘lini Ozarboyjonga topshirib, u yerdagi asirlarni qaytarishni taklif qilgandi.
«Aliyevga rasman aytaman — barcha asirlar evaziga o‘g‘limni taklif qilaman. Rasman aytyapman. Serjik va Robik (Robert Kocharyan, Armanistonning 2-prezidenti – tahr.), odam oldi-sotdisi bo‘yicha mutaxassislar sifatida bu vazifani sizlarga topshiraman», — dedi Pashinyan.
Pashinyan, shuningdek, Sargsyanni qo‘shmachi deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqoridagi siyosatchilar «odam oldi-sotdisida bir necha ming dollar ishlab olishlari mumkin».
Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat 2020 yil 27 sentyabrda keskinlashgandi.
9 noyabrda Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026