Jahon | 21:05 / 09.06.2021
6796
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Trampning AQShda TikTok va WeChat ilovalarini taqiqlash to‘g‘risidagi farmonlarini bekor qildi

Jo Bayden shuningdek, Xitoy ilovalaridan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida chiqarilgan 2021 yil 5 yanvardagi farmonni ham bekor qildi.

Foto: AP Photo/Mark Schiefelbein

AQSh prezidenti Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampning AQShda TikTok va WeChat ilovalaridan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonlarini bekor qildi.

«AQSh prezidentining 2020 yil 6 avgustdagi 13942- va 13943-farmonlari bekor qilinadi», — deyiladi Oq uy xabarida.

Ushbu farmonlarda Xitoyning TikTok va WeChat ilovalaridan AQSh hududida foydalanish taqiqlanishi ko‘zda tutilgandi.

Bayden shuningdek, Xitoy ilovalaridan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida chiqarilgan 5 yanvardagi farmonni ham bekor qildi.

Mazkur farmonga ko‘ra, Alipay, WeChatPay, QQWallet, Tencent QQ, Camscanner, SHAREit, Vmate va WPS Office ilovalaridan foydalanish taqiqlangandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid