AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatda Xitoyning sakkizta ilovasidan foydalanişni taqiqlaydigan farmonga imzo çekdi.

 Uning izoh berişiça, bu ilovalar foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlarini oliş imkoniyatiga ega bölib, bundan Xitoy hukumati foydalanişi mumkin.

 Tramp 5 yanvarda imzolagan farmon 45 kundan söng kuçga kiradi. AQŞ savdo vazirligiga uşbu farmon böyiça tegişli hujjatlarni tayyorlaş topşiriği berildi.

 Farmonga köra, Alipay, WeChatPay, QQWallet, Tencent QQ, Camscanner, SHAREit, Vmate va WPS Office ilovalaridan foydalaniş taqiqlanadi.

 Alipay va WeChat servislaridan Xitoyda faol foydalaniladi, ammo AQŞda ular unçalik keng tarqalmagan, deb yozadi The Wall Street Journal. Masalan, ötgan yili Alipay ilovasi App Store va Google Play dökonlaridan 207 ming marta yuklab olingan. 

Tramp tomonidan taqiqlangan ilovalar orasida yuklab olişlar böyiça Camscanner skanerlaş ilovasi yetakçi bölib, u 4,4 mln marta yuklab olingan.

 Tramp ötgan yili WeChat ilovasini bloklaşga uringandi. Öşanda Xitoy bilan işlaydigan qator kompaniyalar, jumladan, Apple Inc., Ford Motor Co., Walmart Inc. va Walt Disney Co kompaniyalari WeChat Xitoy biznesi uçun juda muhim ekanligini bildirgandi.

 Kaliforniya federal sudi foydalanuvçilarning da'vo arizasidan söng Trampning WeChat ilovasini bloklaş töğrisidagi farmonini töxtatib qöygan.