Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda yuz bergan YTHda 20 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning Balujiston viloyatida diniy festivaldan qaytayotgan ziyoratchilar bilan to‘lgan yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi.
Avtobus Larkandan Hudzarga ketayotganda yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus me'yoridan ortiqcha yuklangan bo‘lgan va hattoki tomida yo‘lovchilarni olib ketgan. Ta'kidlanishicha, jabrlanganlarga yordam berish uchun askarlar yuborilgan.
Jarohatlanganlar olib borilgan shifoxonada ma'lum qilinishicha, u yerga yetkazilgan 10 kishi og‘ir ahvolda bo‘lgani sababli qurbonlar soni oshishi mumkin.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026