Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi qator shifoxonalar koronavirus bemorlari uchun moslashtirilmoqda
Shaharda oxirgi sutkada yil boshidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.
Moskva hukumati shahar shifoxonalaridagi minglab koykalarni koronavirus bemorlari uchun moslashtirmoqda. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin xabar qildi.
«Katta oqimdagi bemorlarni tibbiy yordam bilan ta'minlash maqsadida shahar statsionarlaridagi minglab koykalarni qaytadan moslashtirishga majburmiz», — dedi u.
RBKning xabar berishicha, Moskvadagi beshta poliklinika koronavirus diagnostikasiga moslashtiriladi. Shahardagi 15-shifoxona to‘laligicha koronavirus bemorlari bilan ishlashga o‘tadi.
Avvalroq Sergey Sobyanin koronavirus tarqalishini to‘xtatish bilan bog‘liq yangi cheklovlar kiritilishi to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
Moskvada oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 6701ta holat aniqlangan bo‘lib, bu yil boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shaharda koronavirus yuqtirganlar soni 1,2 milliondan oshgan, 20838 bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026