Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT qurg‘oqchilik navbatdagi pandemiya bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
BMT vakilining so‘zlariga ko‘ra, qurg‘oqchilik ham pandemiya kabi uzoq vaqt davom etadi, keng geografik ko‘lamga ega va sezilarli darajada zarar keltiradi.
Foto: AFP
Suv tanqisligi va qurg‘oqchilikdan keladigan zarar koronavirus pandemiyasi bilan raqobatlashishi mumkin. Bu haqda BMT maxsus vakili Mami Mizutori ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
«Qurg‘oqchilik navbatdagi pandemiyaga aylanish arafasida va undan davolanish uchun vaksina yo‘q», dedi Mizutori.
Ma'lumot berilishicha, 1998 yildan 2017 yilgacha qurg‘oqchilik kamida 124 milliard dollar zarar keltirgan va 1,5 milliarddan ortiq kishi undan aziyat chekkan.
Ayni vaqtda global isish sababli Yevropa janubi va G‘arbiy Afrikada qurg‘oqchilik kuchaygan.
Mizutorining so‘zlariga ko‘ra, qurg‘oqchilik ham pandemiya kabi uzoq vaqt davom etadi, keng geografik ko‘lamga ega va sezilarli darajada zarar keltiradi.
«Bu qurg‘oqchilikka duch kelmagan mamlakatlarga ham oziq-ovqat yetishmovchiligi va ularning narxi oshishi orqali ta'sir ko‘rsatishi mumkin», deb qo‘shib qo‘ydi Mizutori.
Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Markaziy Osiyo, Janubiy Avstraliya, Janubiy Yevropa, Meksika va AQShda qurg‘oqchilik tez-tez va kuchli bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:11
Behzod Hamroyev BMT komissiyasi sessiyasi raisi o‘rinbosari etib saylandi
12:48 / 03.03.2026
Melaniya Tramp BMT Xavfsizlik kengashi majlisiga raislik qildi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
09:37 / 27.02.2026