Markaziy bank departamenti direktori Kamoliddin Sultonov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida Özbekistonda keng tarqalayotgan ikkita kiberhujum töğrisida ma'lumot berdi.
«Bugun axborot texnologiyalari bilan birga kiberhujumlar ham rivojlanib, turlari köpayib boryapti. Ayniqsa, hozir ijtimoiy injiniringni qöllagan holda amalga oşiriladigan kiberhujumlar soni ortmoqda.
Bunda jinoyatçi ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum bir şaxsga tegişli ma'lumotlarni töplaydi. Ya'ni tarmoqlarga kiritilgan karta va bank hisobraqamlari töğrisidagi ma'lumotlarni yiğgaç, unga qönğiroq qiladi va emotsional ta'sir ötkazişga urinadi.
Masalan, «bank kartangizdan qançadir mablağ öğirlandi, bu sizmisiz?», deyişi mumkin. Uni eşitayotgan odam nima qilayotganini bilmay qoliş ehtimoli katta. Şu sababli savollarga tez-tez javob berişga harakat qiladi va öylanişga vaqti qolmaydi. Şu yöl bilan ular foydalanuvçining röyxatdan ötgan ma'lumotlarini qölga kiritişga harakat qiladi hamda masofadan turib uning hisobraqamiga noqonuniy kirib oladi, mablağlarini talon-toroj qiladi.
Kiberhujumlarning yana bir turi - virusli fayllarni poçta orqali jönatiş orqali amalga oşiriladi. Virusli fayl oçilsa, kompyuterga virus tuşadi va haker öşa kompyuterdagi bankka tegişli ma'lumotlarni qölga kiritiş orqali mablağlarni tunaydi.
Markaziy bank bu muammoni bartaraf qiliş böyiça aholining moliyaviy savodxonligini oşirişga alohida e'tibor qaratmoqda. Öquv seminarlar ötkazilyapti, alohida saytlar oçilib, kiberhujumlardan himoyalaniş borasida ma'lumotlar berib borilmoqda. Ayni paytda kiberhujumga uçraganlar uçun tezkor xabar beriş tizimlarini joriy qilmoqdamiz», dedi u.
Avvalroq, Markaziy bankda kiberxavfsizlik va moliyaviy firibgarlikka qarşi kuraşuvçi hamda bank axborot tizimlarining uzluksiz işlaşini monitoring qiluvçi markaz oçilişi xabar qilingandi.
Markazning asosiy vazifasi bank va moliya sohasida axborot hamda kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini oliş hamda moliyaviy firibgarliklarga qarşi ta'sir çoralarini körişdan iborat ekanligi ma'lum qilingan.











