Markaziy bank raisi örinbosari Bekzod Hamroyev 11 yanvar kuni AOKAda ötgan matbuot anjumanida moliyaviy firibgarliklarga qarşi ta'sir çoralarini köriş maqsadida Markaziy bank tarkibida Kiberxavfsizlik markazi taşkil etilişini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Bank tizimida axborot tizimlarini kiberhujumlardan himoya qiliş maqsadida Markaziy bank qoşida moliya sohasidagi Kiberxavfsizlik markazi taşkil qilinadi», – degan u.
Markaziy bank axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, markazning asosiy vazifasi – bank va moliya-kredit sohasida axborot va kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini oliş hamda moliyaviy firibgarliklarga qarşi ta'sir çoralarini köriş.
Ta'kidlanişiça, uşbu markaz bank tizimida axborot va kiberxavfsizlik hamda moliyaviy firibgarlik bilan boğliq noxuş hodisalarning oldini oliş, ularga qarşi ta'sir çoralarini köriş, yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etişni nazorat qiliş, bank axborot tizimlarini kiberhujumlardan himoya qilinganlik holatini va ularning uzluksiz işlaşini monitoring qiliş kabi işlarni amalga oşiradi.
Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov 2019 yili Moskvada ötgan «Oçiq innovatsiyalar» xalqaro forumida Özbekistonda ham boşqa davlatlarda bölgani kabi kiberhujumlar soni ortib borayotgani haqida ma'lumot bergandi.
Özbekiston Kiberxavfsizlik markazi ma'lumotiga köra, 2020 yil karantin şaroitida internet xizmatlar va onlayn rejimda işlaş ommalaşib bordi, bu esa internet imkoniyatlaridan foydalangan holda sodir etilgan firibgarliklar soni oşişiga sabab bölgan.













