O‘zbekiston | 10:05 / 19.06.2021
23074
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni qariyb 400ga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda mamlakatning barcha hududlarida koronavirus aniqlanib, bir nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 18 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105610 (+391) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 8 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 27 nafari Jizzax viloyatida,
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 60 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 66 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 5 nafari Xorazm viloyatida,
- 45 nafari Toshkent viloyatida,
- 132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 10 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 24 nafar,
- Navoiy viloyatida 3 nafar,
- Samarqand viloyatida 15 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 39 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
- Xorazm viloyatida 2 nafar,
- Toshkent shahrida 193 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 101311 (+293) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 718 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3581 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022