Hujjat loyihasiga köra, davlat xizmatçilari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaş 2022 yil 1 yanvardan boşlanadi. Korrupsionerlar röyxati tuziladi, ularga nisbatan qator taqiqlar belgilanadi. Davlat xizmatçilariga çet elda boylik orttiriş man etiladi. Manfaatlar töqnaşuvi masalalari tartibga solinadi.
Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşişga oid prezident farmoni va qarori loyihalari e'lon qilindi.
Loyihalar korrupsiyaga qarşi murosasizlik muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytirişni közda tutadi.
Kun.uz jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan hujjatlardagi asosiy nuqtalarni havola etadi.
Korrupsionerlar reyestri
Özbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslarning oçiq elektron reyestrini yuritiş taklif etilmoqda.
Reyestrga kiritilgan şaxslarga quyidagilar taqiqlanişi mumkin:
davlat xizmatiga qabul qiliniş;
davlat mukofotlari bilan taqdirlaniş;
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarini körsatiş;
davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlarihamdaidoralararo kollegial organlarning a'zoligiga kiriş;
ular tomonidan ta'sis etilgan va (yoki) ular iştirokçisi hisoblangan tadbirkorlik sub'yektlari davlat xaridlarida va davlat-xususiy şeriklik bitimida iştirokçi (ijroçi) sifatida qatnaşişi, davlat aktivlarini xususiylaştiriş bilan boğliq tender va tanlov savdolarida iştirok etişi;
davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlar hamda davlat ta'lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida işlaş.
Reyestr va unga taalluqli çeklovlarga oid qonun loyihasi 3 oy muddatda Prezident Administratsiyasiga taqdim etiladi. Reyestrga uşbu qonun qabul qilinganidan keyin korrupsion jinoyat sodir etgan şaxslar kiritiladi.
Deklaratsiyalaş
Loyihaga köra, 2022 yil 1 yanvardan
Mavzuga oid
boşlab,
davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va örinbosarlari, şuningdek,
ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining
daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qiliş tizimi
joriy etiladi.
Bunda:
mol-mulkni deklaratsiya qilişda uning kelib çiqiş manbasini tasdiqlaş şarti 2022 yil 1 yanvardan söng orttirilgan mol-mulkka nisbatan tatbiq etiladi;
davlat xizmatçisi tomonidan deklaratsiyani taqdim etişdan boş tortiş va qasddan notöğri ma'lumotlarni kiritiş uni davlat xizmatidan çetlaştirişga va qonunda belgilangan javobgarlikka tortişga asos böladi.
“Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi 2 oy muddatda jamoatçilik muhokamasidan ötkazilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Çet elda boylik orttiriş
2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatçilariga respublika hududidan taşqarida hisobraqamlar oçiş va egalik qiliş, naqd pul mablağlarini saqlaş, köçmas va boşqa mol-mulkka ega böliş taqiqlanadi.
Manfaatlar töqnaşuvi
Loyihada berilgan ta'rifga köra, manfaatlar töqnaşuvi deganda “qonunçilik hujjatlarida körsatilgan lavozimni egallab turgan şaxsning bevosita yoki bilvosita şaxsiy manfaati mansab (xizmat) majburiyatlarini obektiv va xolis bajarişiga ta'sir körsatuvçi yoki şunday ta'sir körsatişi mumkin bölgan vaziyatlar” tuşuniladi.
Manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyganlar va ularning oldini oliş böyiça öz vaqtida çora körmaganlar javobgarlikka tortiladi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq har qanday holatlar aniqlanganda, şartnoma, buyruq va boşqa hujjatlarni töxtatiş töğrisida taqdimnoma yoki uni haqiqiy emas deb topiş böyiça sudga da'vo kiritiş vakolati beriladi.
2022 yil 1 yanvarga qadar quyidagi qonun loyihalari işlab çiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi:
“Manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş töğrisida”;
davlat xaridlari, soliq imtiyozlari, yer ajratiş, davlat aktivlarini xususiylaştiriş sohalarida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyganlik uçun javobgarlik belgilaş haqida.
Korrupsionerlarga sudda yengillik berilmaydi
Farmon qabul qilingaç, 3 oy içida quyidagilarni nazarda tutuvçi qonun loyihasi parlamentga kiritiladi:
Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvçi moddalarning aniq röyxatini belgilaş;
korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun belgilangan jazo çoralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazo çorasigaça keskin kuçaytiriş;
daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalaş jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uçun javobgarlik örnatiş;
korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan jinoiy jazoni ötaşda yengillaştiruvçi normalar qöllanişiga çeklovlar belgilaş.
“KRU” va boşqa inspeksiyalar faoliyati isloh qilinadi
Farmon qabul qilinganidan söng 2 oy içida, ilğor xorijiy tajriba asosida davlat moliyaviy nazorat institutlarini maqbullaştirib, uning samarali modelini joriy etiş va uşbu sohada parlament nazoratini kengaytiriş taklif etilmoqda.
2021 yil 1 noyabrga qadar, quyidagilarni nazarda tutuvçi hujjatlar loyihalari hukumatga kiritiladi:
barça inspeksiyalarning vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, taşkiliy tuzilmalarini qayta körib çiqib, takomillaştiriş;
boşqa şakldagi (qömita, agentlik, xizmat) davlat boşqaruvi organlarining nazorat sohasidagi funksiyalarini maqbullaştiriş.
Mahalliy budjetlar masalasi
Mahalliy budjet mablağlaridan foydalanişdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf qiliş maqsadida mahalliy deputatlik kengaşlari muntazam ravişda mahalliy budjetlarning qöşimça manbalari hisobidan ajratilgan mablağlardan foydalanilişi ustidan nazorat örnatişi zarur böladi.
Oliy Majlis palatalariga esa Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi bilan birgalikda 2 oy muddatda “Mahalliy budjetlar hisobidan taşkil etilgan vaqtinçalik va maxsus jamğarmalar mablağlaridan foydalaniş tartibi töğrisida”gi namunaviy nizomni tasdiqlaş tavsiya etiladi.
Farmon bilan quyidagilar rasman belgilab qöyiladi:
korrupsiya – Özbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uçun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri;
korrupsiya holatlarining har qanday körinişlariga nisbatan murosasiz munosabatda böliş va unga qarşi ayovsiz kuraşiş – barça darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi;
Boş prokuratura, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi korrupsiyaning har qanday körinişlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta'minlaş uçun barça kuç va vositalarni safarbar etişi şart.
Farmon bilan 2021–2022 yillarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlat dasturi tasdiqlanişi kutilyapti. Dasturdagi takliflarni Kun.uz quyidagi alohida maqolalarda yoritadi.