«Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini ta'minlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmon bilan Oçiq ma'lumotlar sifatida joylaştirilişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar röyxati tasdiqlandi. Röyxatga ma'lumotlarning 33 xil toifasi kiritilgan.

33 toifadagi ma'lumotlarning oçiqlanişi jamoatçilikda mustaqil suriştiruvlar olib boriş imkoniyatini oşiradi.

Hujjat talablari barça davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari, şuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalariga taalluqli.

Farmonga asosan, 2021 yil 1 iyuldan boşlab quyidagi ma'lumotlar rasmiy internet manbalarida oçiqlab boriladi va har çorakda yangilanadi:

  • davlat xaridlari, şu jumladan, töğridan töğri şartnomalar böyiça xarid qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar);
  • mansabdor şaxslarning xizmat safarlari va xorijdan taşrif buyurgan mehmonlarni kutib oliş xarajatlari (xizmat safarining yoki taşrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yaşaş bilan boğliq xarajatlar, bundan davlat sirlari va xizmatda foydalaniş uçun möljallangan ma'lumotlar mustasno);
  • soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, şu jumladan, individual imtiyozlar berilgan sub'yektlarning benefitsiarlari (yakuniy manfaatdor jismoniy şaxslari), ular tomonidan tölangan soliqlar va moliyaviy körsatkiçlar;
  • davlat organlari va taşkilotlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi, şu jumladan, obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş işlari, avtomototransport vositalarini sotib oliş xarajatlari;
  • Hisob palatasi, Moliya vazirligi va nazorat qiluvçi organlarning taftiş va tekşiruvlari töğrisidagi ma'lumotlar (davlat siri bölgan ma'lumotlarning yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirning muhofaza qilinişini ta'minlagan holda);