Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda katta yoshli aholining 70 foizi koronavirusga qarshi emlandi
Qayd etilishicha, hozirda AQShda 150 milliondan ortiq kishi to‘liq emlangan, 177 million kishi esa vaksinaning bir dozasini olgan.
Aholida 30 yoshdan katta bo‘lgan aholining 70 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu haqda Oq uyning pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori Jyeffri Zins ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma'muriyati AQSh prezidenti Jo Baydenning 4 iyulgacha katta yoshli aholining 70 foizini emlash bo‘yicha tashabbusini muddatidan oldin bajardi.
"Biz katta yoshli aholining 70 foizini emlash bo‘yicha prezident qo‘ygan maqsadni bajardik", - dedi Zins.
Qayd etilishicha, hozirda AQShda 150 milliondan ortiq kishi to‘liq emlangan, 177 million kishi esa vaksinaning bir dozasini olgan.
"Biz misli ko‘rilmagan emlash dasturini tuzdik. Natijada murakkab logistik vazifani muvaffaqiyatli ravishda bajardik: atigi 150 kun ichida 300 million doza vaksinani qo‘lladik", - dedi Zins.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda COVID-19 yuqtirganlar soni 33,5 mln nafardan ortiq, vafot etganlar soni 602,4 ming nafardan oshgan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026