Korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirişga oid prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.

Loyihaga köra, 2021 yil 1 oktyabrdan boşlab, barça davlat organlari va taşkilotlarida, xususan hokimliklarda mavjud ştat birliklari doirasida korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari taşkil etiladi.

Bu tuzilmalar quyidagilar uçun mas'ul etib belgilanadi:

  • korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlaş va oldini oliş;
  • korrupsiya holatlarining sabab va şart-şaroitlarini bartaraf etiş;
  • manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik;
  • korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş.

Tuzilmalar rahbarlari davlat organlari va taşkilotlari tomonidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan birga ötkaziladigan oçiq tanlov asosida işga qabul qilinadi. Ularni lavozimidan ozod etiş masalasi agentlik bilan kelişiladi.

Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyati töğrisidagi namunaviy nizom 2 oy muddatda tasdiqlanadi.

Prezident farmoni loyihasiga köra, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilgan va (yoki) qonuniy talablarini bajarmagan mansabdor şaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilaş közda tutilmoqda.

Loyihadan quyidagi takliflar ham joy olgan:

  • agentlik huzurida fuqarolarning korrupsiya haqida tezkor xabar beriş imkonini beruvçi,