Qayd etilganidek, davlat iştirokidagi korxonalar faoliyatini bozor mexanizmlari asosida boşqarişni yanada jadallaştiriş maqsadida prezidentning 2020 yil 27 oktyabrdagi 6096-sonli farmoni qabul qilinib, unga köra bugungi kunga qadar 541ta davlat uluşi mavjud korxonaning 247tasi 2,3 trln söm qiymatda savdoga çiqarilib, 96tasi 411,6 mlrd sömga sotilgan.
Davlat geologiya qömitasi tasarrufidagi 6ta yirik davlat korxonalari aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta taşkil etilib, ularning kuzatuv kengaşlariga 6 nafar çet ellik malakali ekspertlar mustaqil a'zo sifatida jalb etilgan.
Geologik izlanişlar yönalişida 400 mln dollarlik kredit şartnomalari rasmiylaştirilib, xalqaro banklar bilan 900 mln dollarlik sindikatlangan kredit ajratiş töğrisida bitimlar tuzilgan.
Böş turgan va foydalanilmayotgan işlab çiqariş quvvatlarini (obektlar) işlab çiqarişga jalb qiliş yuzasidan ötkazilgan xatlovlar natijasida 27 675ta obekt aniqlanib, 1 215ta obekt böş turganlar toifasidan çiqarilib, 1 146ta obektdan kelgusida samarali foydalaniş belgilanib, 744ta yangi obektdan samarali foydalaniş çoralari körilgan.
Iste'molçilarni elektr energiyasi bilan ta'minlaş maqsadida, ötgan davr içida respublika hududida 25 ming km elektr uzatiş tarmoqlari hamda 8 mingtadan ortiq transformator punktlari yangilangan, rekonstruksiya qilingani natijasida 1,7 milliondan ortiq aholi xonadonlarida elektr ta'minoti yaxşilangan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida optik tolali aloqa liniyalarining uzunligi 81 ming km.ni taşkil etib, joriy yil yakuniga qadar 118,6 ming km.ga yetkaziş rejalaştirilgan. Bugungi kunga qadar 1,7 mln.ta keng polosali internet tarmoğiga ulaniş portlari örnatilib ularning umumiy sonini 2021 yil oxiriga qadar 3,9 mln.taga yetkazilişi rejalaştirilgan.
Uşbu masala yuzasidan Senatning tegişli qarori qabul qilindi.
















