O‘zbekiston | 10:14 / 27.06.2021
33098
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish yuqoriligicha qolmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda qariyb 500 kishida kasallik qayd etilib, ikki bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 26 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 109223 (+493) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 25 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 14 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 27 nafari Jizzax viloyatida,
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 22 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 14 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 36 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 49 nafari Xorazm viloyatida,
  • 41 nafari Toshkent viloyatida,
  • 119 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar,
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 19 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 59 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Xorazm viloyatida 17 nafar,
  • Toshkent viloyatida 135 nafar,
  • Toshkent shahrida 283 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 105006 (+545) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 729 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3488 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid