Jahon | 22:57 / 30.06.2021
6070
1 daqiqa o‘qiladi

TikTok bolalarga tegishli 7 milliondan ko‘proq akkauntni o‘chirib tashladi

Foto: Picture Alliance

TikTok ijtimoiy tarmog‘i ma'muriyati 2021 yil I choragida 13 yoshgacha bolalarga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan 7 milliondan ortiq akkauntni yopganini e'lon qildi. Bu haqda Axios portali xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqda choralar ko‘rishga to‘g‘ri kelgan akkauntlar soni birinchi marta oshkor etilgan. Avvalroq AQShda kunlik TikTok foydalanuvchilarining uchdan bir qismi 14 yoshgacha bolalar ekani ma'lum qilingan. 13 yoshgacha bo‘lgan yoki yoshini ko‘rsatmagan foydalanuvchilar tomonidan joylashtiriluvchi videolar ijtimoiy tarmoq ma'muriyati tomonidan o‘chiriladi.

Ijtimoiy tarmoqning AQShdagi segmentini boshqaruvchi kompaniya 2019 yilda AQSh hukumati tomonidan 5,7 mln dollarlik jarimaga tortilgach, yuqoridagi qoidaga qat'iyroq amal qila boshlagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid