O‘zbekistonda Twitter va TikTok'ning ishlashi sekinlashdi. Avvalroq “O‘zkomnazorat” ularni ogohlantirgan edi
Bugun, 2 iyul kuni ertalabdan o‘zbekistonliklar Twitter va TikTok platformalariga kirishda muammolarga duch kelmoqda.

Bu ikki tarmoqni O‘zbekistondan turib ochish sekinlashgani haqida ko‘plab ijtimoiy tarmoq faollari yozmoqda. Shuningdek, Kun.uz sayti administratorlari ham saytning Twitter va TikTok platformalariga yangilik yuklashda qiyinchilikka duch kelmoqda.
Kun.uz gaplashgan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) matbuot kotibi TikTok ijtimoiy tarmog‘ida “nimadir bo‘layotgani”ni rad etmadi va bir necha soatlarda bu haqda rasmiy ma'lumot berilishini bildirdi.
Downdetector ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Twitter va TikTok ishlashida global muammolar kuzatilmayapti.
Ta'kidlash kerak, 16 apreldan boshlab “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga yangi qo‘shilgan 27-1 modda kuchga kirgan. Bu moddaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma'lumotlar jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlanishi talab qilinmoqda.
Qonun kuchga kirgach, “O‘zkomnazorat” Google, Facebook, TikTok, Telegram va boshqalar doxil O‘zbekistondagi ommabop internet-servislar ma'muriyatiga ogohlantirish xatlari yuborgan. Ulardan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga oid ma'lumotlarni respublikaga olib kelib saqlash talab qilinyapti.
Talab bajarilmagan taqdirda, bu servislar O‘zbekiston hududida bloklanishi ehtimoldan soqit qilinmayapti.
Malayziyadagi o‘zbekistonlik fan doktori, axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Anvar Narzullayevning Kun.uz'ga tushuntirishicha, odatda ma'lumotlar bazalari yaxlit tizimda shakllantiriladi, ularning bir qismini ajratib olib, boshqa joyga ko‘chirish texnik muammolarga sabab bo‘ladi.
“Katta kompaniyalar o‘zining ijtimoiy tarmoqlarini yaratganda minglab maxsus dizayner va arxitektorlar ma'lumotlar bazasini optimallashtirib, tezroq ishlashiga urg‘u berib ushbu bazani yaratadi. Lekin, hozir O‘zbekistondan chiqib: “Bu dasturga qancha pul sarflaganinglar bizga qiziq emas, bazaning mana bu qismini olasizlar-da, O‘zbekistonga joylab qo‘yasizlar”, deyilyapti. Bu – kompaniyalar uchun texnik tarafdan ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklar va iqtisodiy xarajatlar tug‘diradi.
Ma'lumotlar bazasini yaxlitligicha tasavvur qilishimiz va qabul qilishimiz kerak, uning bir qismini ajratib O‘zbekistonga qo‘yib qo‘ya olmaysiz. Bu – butun tizimning ishlashiga ta'sir qiladi. Bu qonunning xorijiy mulkdorlarga qiyinchiliklari ko‘p”, – deydi mutaxassis.
- Kecha, 1 iyul – Yoshlar kunida Toshkentdagi Botanika bog‘ida yoshlar bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqlarda shuhrat qozonish uchun nomunosib harakatlar qilayotgan yoshlarni tanqid qilib, mutasaddilarga buni nazoratga olish kerakligini ta'kidlagandi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

22:37 / 19.06.2025
Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi

19:29 / 12.06.2025
AOKA: Meta kompaniyasiga 23 mingta so‘rov yubordik, ularning 80 foizi qanoatlantirildi

21:14 / 06.06.2025
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

00:42 / 13.05.2025