Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada vaksina xaridi bo‘yicha mamlakat prezidentiga qarshi surishtiruv o‘tkaziladi
Hindiston tomoni dastlab bir doza vaksinaning narxini 1,34 dollar deb ko‘rsatgan, ammo yakunda shartnomada 15 dollardan deb belgilangan.
Braziliya oliy sudi Hindistonning koronavirusga qarshi Covaxin vaksinasi sotib olinishi bo‘yicha mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruga qarshi surishtiruv boshlanishini ma'qulladi, deb xabar berdi G1 portali.
Avvalroq mamlakat bosh prokuraturasi surishtiruv boshlash uchun so‘rov kiritgandi.
Hukumat vaksina juda baland narxda sotib olingan deb taxmin qilmoqda.
Surishtiruv boshlashga ruxsat bergan sudya Roza Veber prezidentning aybdorligi to‘g‘risida fikr yuritmaslikka chaqirdi va hukumat Bolsonaruning bu ishga aloqasi bor-yo‘qligini aniqlashga urinayotganini aytdi.
Hindiston vaksinasini xarid qilish bilan bog‘liq mojaro Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlaridan biri hujjatlarda qonunbuzilishlar bo‘lishiga qaramasdan, uni hind vaksinasini sotib olishga majburlashganini aytganidan so‘ng boshlandi. Xodim bosim haqida prezidentga ma'lum qilgan va u chora ko‘rishga va'da bergan.
G1 portalining yozishicha, Covaxin vaksinasi Braziliya sotib olayotgan eng qimmat vaksina bo‘lgan. Vaksinaning bir dozasi narxi 80,7 realni (15,9 dollar) tashkil etgan, bu AstraZeneca vaksinasidan to‘rt baravar qimmat.
Bundan tashqari, Hindiston tomoni dastlab bir doza vaksinaning narxini 1,34 dollar deb ko‘rsatgan, ammo yakunda shartnomada 15 dollardan deb belgilangan. Shartnoma umumiy qiymati 1,6 mlrd realga (316,9 mln dollar) teng bo‘lgan.
Shartnoma 97 kun ichida tuzilgan, Pfizer bilan shartnoma tuzishga esa 330 kun kerak bo‘lgan, deb yozadi portal. 29 iyun kuni shartnoma vaqtincha to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026