Erkinjon Turdimov: “Vaqt-soati keladi, hokimlarni xalq saylaydi”
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Kun.uz'ga bergan intervyusida hokimlar saylovi, majlisbozliklar va “katta futbol uchun katta pul kerakligi” kabi qator mavzularda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Majlisbozliklar haqida fikringiz qanday?
– Keyingi paytlarda majlislar kamaydi. Men o‘zi majlis o‘tkazishni yaxshi ko‘rmayman. Har narsaga majlis o‘tkazavermayman. Yordamchimga aytaman, telefon orqali ham o‘tkazib yuboraveramiz “majlis”ni.
O‘zi bo‘lar-bo‘lmasga majlisni hech kim qilmasa kerak. Yana bilmadim, boshqalarga javob berolmayman, albatta. Lekin hozir majlislar yaxshigina kamaydi.
Ilgari hamma fermerlarni yig‘ib, majlislar qilinardi. Har kuni majlis edi. Har kuni. Bugun Ishtixonda, ertaga boshqa joyda. Men, misol uchun, biror tumanda majlis o‘tkazganim yo‘q. Hatto mahalla raislarini yig‘ib ham majlislar qilardik. Daraxtni oqla, ariqni tozala, degandek.
– Futbolga, ayniqsa bolalar futboliga munosabatingiz. «Dinamo»ni oliy ligaga chiqarish uchun nima qilish kerak?
– «Dinamo»ni oliy ligaga chiqarsa bo‘ladi, lekin oliy ligada jon saqlash qiyin, uning uchun esa pul yo‘q, hammasi uchun pul kerak.
Bolalar futbol akademiyasi uchun pandemiyadan oldin yangi bino qurilishi rejalashtirilgan edi. Keyin bu narsa rejadan chiqarildi. Men o‘zim ham shuncha muammolar turganda futbol akademiyasi uchun dang‘illama yangi bino qurish ehtiyoji yo‘q deb hisoblayman. Ishqibozlarga bu gapni aytsam, meni “toshbo‘ron qiladi”. Juda ham zo‘r bo‘lmasa-da, maydonlari, binosi bor-ku.
Katta futbol katta mablag‘ talab qiladi, pulingiz ko‘p bo‘lsa, siz ligada jon saqlaysiz. Butun dunyo bo‘yicha shunday, klublarning xarajatlarini hisoblab ko‘ring, yuqori budjetga ega klublar yuqori o‘rinda turadi. Moliyaviy xarajatlari kamrog‘i pastroq o‘rinda turadi.
– Ko‘pincha rahbarlar biror islohotga yoki saylovga xalq tayyor emas degan vajlarni ko‘rsatishadi. Siz bunga qanday qaraysiz?
– Hammamiz ham xalqning bir vakilimiz. Yaxshi narsani o‘ziga, yomonini xalqqa tashlab yuborish durust emas. Xalq yomon emas, yaxshi xalqimiz bor. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, shu xalq bizni odam qilyapti, shu xalqqa hisob berishimiz kerak.
Siyosiy ong jihatdan yondashsak, ishonch bildirilsa asta-sekin eplab ketaveradi, qayerdadir xato qilishi mumkin.
Hokimlarni saylash masalasi. Vaqt-soati keladi, hokimlarni xalq saylaydi. Mening fikrim qiziqtirar ekan, men hokimlarni xalq saylashi tarafdoriman.
Saylasa, nimasi to‘g‘ri bo‘ladi: birinchidan, o‘sha rahbarning xalq oldidagi mas'uliyati oshadi. Ikkinchidan, mustaqil qaror qabul qilishga imkoniyati bo‘ladi, ya'ni vazir yoki boshqa rahbarlarga bog‘liqlik joyi bo‘lmaydi. Uchinchidan, saylagan xalq oldida javobgar bo‘ladi, hurmatini joyiga qo‘yadi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda 14 yoshli o‘smir yurak kasalliklarini sanoqli soniyalarda aniqlashga qodir ilovani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 21:43
-
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi
Jahon | 21:42
-
Toshkentdan Krasnodarga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 21:14
-
Tramp Yevropadan moliyaviy reparatsiya talab qildi
Jahon | 21:11
Mavzuga oid

13:52 / 09.03.2025
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

16:25 / 26.02.2025
Samarqand viloyatida yana ikki tuman hokimlari o‘zgardi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

18:59 / 13.02.2025