Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda dam olish kunlari yuz bergan otishmalarda 150 kishi halok bo‘ldi
Chikagoda o‘tgan dam olish kunlari 83 kishi o‘qotar quroldan jarohatlangan bo‘lib, 14 kishi jarohatlar oqibatida vafot etgan.
AQShda o‘tgan dam olish kunlari sodir etilgan 400dan ortiq otishma oqibatida 150 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatdagi zo‘ravonlik holatlarini kuzatib boruvchi Gun Violence Archive tadqiqot guruhi ma'lumotlariga tayanib CNN xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, 2-4 iyul kunlari Nyu-Yorkda yuz bergan 21ta otishma natijasida 26 kishi qurbon bo‘lgan.
Chikagoda o‘tgan dam olish kunlari 83 kishi o‘qotar quroldan jarohatlangan bo‘lib, 14 kishi jarohatlar oqibatida vafot etgan.
23 iyun kuni AQSh prezidenti Jo Bayden AQShda jinoyatchilikka qarshi kurashish strategiyasini taqdim etgandi. Ma'muriyat noqonuniy qurol sotuvchilarni javobgarlikka tortish va federal hukumat tomonidan mahalliy huquqni muhofaza qilish organlarini qo‘llab-quvvatlash orqali maqsadga erishishni ko‘zlamoqda.
Oq uy bayonotida qayd etilishicha, 2020 yilda mamlakatning yirik shaharlarida qotilliklar soni o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga oshgan. O‘tochar qurol bilan hujum qilishlar soni 8 foizga, ushbu yilning birinchi choragidagi qotilliklar soni esa o‘tgan yildagiga nisbatan 24 foizga oshgan.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026