Jahon | 20:29 / 07.07.2021
2611
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada iste'foga chiqqan bosh vazir o‘z lavozimiga qayta saylandi

Shvetsiya parlamenti iste'foga chiqqan bosh vazir Stefan Levenni yana ushbu lavozimga tayinlash uchun ovoz berdi.

Foto: EPA

“Deputatlarning yarmidan kami Leven nomzodiga qarshi ovoz bergani sababli parlament uni bosh vazir lavozimiga tayinlash taklifini ma'qulladi”, deb e'lon qilgan parlament spikeri Andreas Norlen.

Leven o‘z hukumati tarkibini 9 iyuldayoq e'lon qilishi kutilmoqda.

21 iyunda Shvetsiya parlamenti Levenga ishonchsizlik bildirgandi. Shundan keyin bosh vazirda yangi saylovlar tayinlash yoki iste'foga ketish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bir hafta vaqt bo‘lgan.

Shvetsiya bosh vaziriga ishonchsizlik bildirilishiga hukumatning yangi qurilgan turar joy binolarida ijara haqini erkin belgilashga ruxsat bermoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

 28 iyunda Leven iste'foga chiqishini e'lon qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid