Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon rahbarligidan ketgan Bezosning boyligi bir haftada 10 mlrd dollarga ko‘paydi
Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, hozirda Bezosning boyligi 212,4 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Amazon asoschisi Jyeff Bezosning boyligi miqdori bir hafta ichida 10,6 mlrd dollarga oshdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, hozirda Bezosning boyligi 212,4 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Bezos o‘tgan haftada Amazon bosh direktori lavozimini rasman tark etgandi. Amazon aksiyalari narxi hafta davomida 5,9 foizga qimmatladi.
Nasdaq birjasi statistikasiga ko‘ra, juma kuni savdolar yopilishidan avval bir dona aksiya bahosi 3719,34 dollarga teng bo‘ldi.
Forbes USA Amazon aksiyalari narxi ko‘tarilishini Bezosning ketishi emas, AQSh mudofaa vazirligining Microsoft bilan 10 mlrd dollarlik shartnomani bekor qilgani to‘g‘risidagi bayonoti bilan bog‘lamoqda.
Amazon bulutli infratuzilma yaratish bo‘yicha ushbu shartnoma borasida sudga murojaat qilgan va fevralda shartnoma vaqtincha to‘xtatilishiga erishgandi.
Mavzuga oid
16:09 / 11.11.2025
AQShda “Nyu Glenn” raketacining birinchi tijorat parvozi qoldirildi
18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi
18:40 / 05.02.2025
Jyeff Bezos Trampning g‘azabini keltirmaslik uchun iqlim bo‘yicha tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatdi
17:19 / 16.01.2025