Iroqdagi qurollangan guruhlar AQSh harbiylariga qarshi «ochiq urush» e'lon qildi
Avvalroq mamlakatdagi qator harbiylashgan shia guruhlari, jumladan «Kataib Hizbulloh» parlament qabul qilgan rezolyutsiyaga muvofiq AQSh qo‘shinlari Iroqni tark etmaydigan bo‘lsa, ularga zarba berish bilan tahdid qilgandi.
Iroqdagi qurollangan guruhlar AQSh qurolli kuchlari bilan sulhni rad etadi va ularga qarshi «ochiq urush» e'lon qiladi. Bu haqda Iroq hududidagi «Asaib Ahl al-Haqq» qurollangan guruhi bayonotida aytilmoqda.
«Qarshilik ko‘rsatish otryadlari sulh to‘xtatilganini e'lon qiladi va Iroqdagi amerikaliklar manfaatlariga qarshi maxsus operatsiyalar o‘tkazishni boshlaydi. Bosqinchilar bilan hech qanday sulh bo‘lmaydi, biz ular Iroqni tark etmagunicha ochiq urush olib boramiz», deya bayonotdan iqtibos keltirgan SHAFAQ News portali.
Xabarda ta'kidlanishicha, «mamlakatdagi ayrim siyosiy bloklar o‘z manfaatlarini milliy manfaatlardan ustun qo‘ygan holda Amerika ta'siri ostiga tushib qolgan».
Avvalroq mamlakatdagi qator harbiylashgan shia guruhlari, jumladan «Kataib Hizbulloh» parlament qabul qilgan rezolyutsiyaga muvofiq AQSh qo‘shinlari Iroqni tark etmaydigan bo‘lsa, ularga zarba berish bilan tahdid qilgandi.
Ushbu rezolyutsiya o‘tgan yil yanvarida Bag‘dod aeroportida Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy AQSh harbiy-havo kuchlari zarbasi natijasida halok bo‘lganidan so‘ng ma'qullangandi.