O‘zbekiston | 10:08 / 12.07.2021
21465
2 daqiqa o‘qiladi

Kunlik pnevmoniya holatlari 300ga yaqin, yana 3 bemor koronavirusdan vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 458 kishida koronavirus, 297 kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 11 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 116421 (+458) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 43 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 17 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 56 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 9 nafari Navoiy viloyatida,
  • 21 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 33 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 17 nafari Xorazm viloyatida,
  • 44 nafari Toshkent viloyatida,
  • 102 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 19 nafar,
  • Jizzax viloyatida 63 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 42 nafar,
  • Samarqand viloyatida 40 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 63 nafar,
  • Toshkent viloyatida 35 nafar,
  • Toshkent shahrida 45 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 111514 (+325) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 774 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid