Jahon | 18:46 / 12.07.2021
3847
1 daqiqa o‘qiladi

Litvaga migrantlar bilan bog‘liq inqirozni hal qilish uchun 10 mln yevro beriladi

Belarusdan Litvaga noqonuniy migrantlar oqimi qariyb 20 baravarga oshgan, yil boshidan beri asosan Afrika va Yaqin Sharqdan bo‘lgan 1676 nafar migrant qo‘lga olingan. 

Foto: AP

Yevrokomissiya Litvaga Belarus orqali noqonuniy migratsiya muammosini hal qilishi uchun 10 mln yevro ajratadi. Bu haqda ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissar Ilva Yohanson ma'lum qildi.

"Komissiya Litvani ushbu murakkab, og‘ir vaziyatni hal qilishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Avgustda turli fondlardan 10 mln yevro ajratiladi", - dedi u.

Belarusdan Litvaga noqonuniy migrantlar oqimi qariyb 20 baravarga oshgan, yil boshidan beri asosan Afrika va Yaqin Sharqdan bo‘lgan 1676 nafar migrant qo‘lga olingan. 

YeI sanksiyalar kiritganidan so‘ng Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika Yevroittifoqqa yo‘l olgan migrantlarni to‘xtatmasligini aytgandi.

12 iyul kuni Yevropa ittifoqining tashqi chegaralar xavfsizligi agentligi («Fronteks») migratsion inqiroz kuchayishi sababli Litva va Belarus chegarasiga o‘z chegarachilarini jo‘natishi xabar qilindi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid