Yevropa ittifoqining taşqi çegaralar xavfsizligi agentligi («Fronteks») migratsion inqiroz kuçayişi sababli Litva va Belarus çegarasida tezkor operatsiya ötkazadi. Bu haqda agentlik saytida xabar berildi.

Qayd etilişiça, agentlik 1 iyul kuni Litva-Belarus çegarasiga ofitserlar va qurilmalarini jönatgan.

«Yordamni kuçaytiramiz va qöşimça çegaraçilar, patrul maşinalari hamda jinoiy tarmoqlar töğrisida ma'lumot töplaş maqsadida migrantlar orasida sörov ötkaziş uçun ixtisoslaşgan ofitserlarni jönatamiz», — dedi agentlik rahbari Fabris Lejyeri.

«Fronteks» Litva çegarasiga öz çegaraçilarini yaqin kunlarda jönatişi kutilmoqda. Agentlikning ma'lumot berişiça, iyulning birinçi yarmida Litva hukumati 800dan ortiq migrantlarning çegaradan noqonuniy ötiş holatlarini qayd etgan. Migrantlarning aksariyati Kongo, Gambiya, Gvineya, Mali va Senegal fuqarolari hisoblanadi.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko respublika Yevroittifoqqa yöl olgan migrantlarni töxtatmasligini aytgandi.

"Agar kimdir Polşa, Litva, Latviya va Ukraina bilan çegarani yopişimizni va Afğoniston, Eron, Iroq, Liviya, Suriya, Tunisdan keladigan qoçoqlar makoniga aylanişimizni öylayotgan bölsa, u kamida adaşayotgan böladi. Biz heç kimni heç qaçon töxtatmaymiz: ular bizgamas, yorqin, iliq, şinam Yevropaga borişmoqda", — degandi u.

Litva boş vaziri Ingrida Şimonitening sözlariga köra, respublika migrantlar oqimini töxtatiş uçun Belarus bilan çegarada devor qurişni möljallamoqda.